Oliy matematika kafedrasi

 1967 yili «Matematika», «Fizika», «Materiallar qarshiligi» fanlarini o‘z ichiga olgan «Fundamental umummuxandislik» kafedrasi tashkil qilingan. Unga dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi A.Baratov mudir etib tayinlangan.

      1969 yili bu kafedradan «Oliy matematika» kafedrasi ajralib chiqqan. 1969 yilda kafedrada 1 dotsent Qahhor Boyquziyev, 6 nafar katta o‘qituvchilar Tilavoldi Shodiev, Sotvoldi Xaydarov, Qodirjon Mamatqulov, Dilbarxon Xakimova, Nikolay Vasilyevich Saprikin. Anatoliy Popov va 2 assistent Ubaydullo Tojiboev, Abduraxmon Xojikamolovlar faoliyat ko‘rsatgan.

Shu yillar ichida kafedraga quyidagilar rahbarlik qilgan:

  • 1969-1976 f-m.f.n., dotsent. K.Boyqo‘ziyev;
  • 1976-1981 p.f.n.,professor T.Sh.Shodiev;
  • 1981-1987 f-m.f.n.,  dotsent J.Mamajonov;
  • 1987-1991:., t.f.n., dotsent R.Xayitov;
  • 1992 to 2009. , f-m.f.n., dotsent  A.Abdurazaqov;
  • 2010 to 2011. , f-m.f.n., dotsent    M.Mamajonov;
  • 2012 to 2015. ,  f-m.f.n., dotsent  A.Fozilov;
  • 2015 to 2017.  ,  v.v.b., katta o‘qituvchi  B.Daliev
  • 2017 –yil sentyabrdan buyon esa kafedraga f-m.f.n., dotsent  A.Abdurazaqov rahbarlik qilib kelmoqda.

KAFEDRA FAOLIYATI

       Hozirgi kunda “Oliy matematika” kafedrasi professor o‘qituvchilari institutning  barcha ta’lim  yo‘nalishlari talabalari uchun “Matematika”, “Matematika. Matematik usullar va modellar”, iqtisod yo‘nalishi talabalari uchun “Iqtisodchilar uchun matematika”, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi talabalari uchun “Iqtisodiy matematika” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarini olib boradi.